
Uimbldon. Chorak finalning 4 bahsidan 3 tasi 5 set davom etdi
Tennis bo‘yicha "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" musobaqasining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi.
Turnirning 1-raqamli raketka ustasi Novak Jokovich italiyalik Yannik Sinner qarshiligini sindirishda katta qiyinchlikka duch keldi. Dastlabki ikki setni boy bergan serbiyalik iroda ko‘rsatib, yakunda dramatik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Hisob - 5:7, 2:6, 6:3, 6:2, 6:2.
Mezbonlar sharafini himoya qilayotgan Kemeron Norri uchun ham yarim final chiptasini qo‘lga kiritish oson kechmadi. U belgiyalik David Goffen ustidan 5 setda g‘alaba qozondi, 3:6, 7:5, 2:6, 6:3, 7:5.
Chempionlik uchun asosiy da’vogarlar ikki sportchidan biri Rafael Nadal ham chorak finalda anchagina ter to‘kdi. Ispaniyalik tennischi AQSh vakili Teylor Fritts bilan kechgan o‘ta og‘ir bahsni o‘z foydasiga hal etishga muvaffaq bo‘ldi. Yakuniy hisob - 3:6, 7:5, 3:6, 7:5, 7:6(10:4).
Chorak finaldagi eng oson g‘alaba "sariq qit’a"dan tashrif buyurgan Nik Kiros tomonidan qo‘lga kiritildi. Unga Chili sharafini himoya qilgan Kristian Garinni mag‘lub etish uchun 3 setu, 135 daqiqa kifoya qildi, 6:4, 6:3, 7:6(7:5).
Endi yarim finalda quyidagi qarama-qarshiliklar guvohiga aylanamiz:
Nik Kiros - Rafael Nadal
Novak Jokovich - Kemeron Norris.
Har ikki bellashuv 8 iyul kuni 17:30 da start oladi.
Fikrlar