
Uimbldon. Jokovich 7-titul uchun yana bir qadam tashladi
Tennis ixlosmandlari e’tibor markazida bo‘lib turgan "Uimbldon" turnirining erkaklar bahslarida ikkinchi finalchi nomi aniq bo‘ldi.
Musobaqaning birinchi tartib raqam ostida saralangan raketka ustasi Novak Jokovich mezbonlar vakili Kemeron Norrisga qarshi kortga chiqdi. Bellashuv tajribali Novakning 2:6, 6:3, 6:2, 6:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Endi u hal qiluvchi uchrashuvda Nik Kirosga qarshi bahs olib boradi. Final ertaga Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.
Shuningdek, Britaniya ochiq chempionatining ayollar bellashuvlarida final o‘yini bugun bo‘lib o‘tadi. Unda qozog‘istonlik Elena Ribakova Tunis sharafini himoya qilayotgan Uns Jabir bilan munosabatlarga oydinlik kiritib oladi.
Fikrlar