Ular Fayzullaevni tanlashdi...

  • 30 sentabr, 2024, 18:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasining 10-tur uchrashuvlari yakunlandi. Ushbu chempionatda ishtirok etayotgan besh nafar legionerimizdan faqatgina Abbosbek Fayzullaev maydonga tushdi.

Tecno

“Rubin” Umarali Rahmonaliev va Rustam Ashurmatov, “Akron” Sherzod Esonov hamda “Ximki” Alisher Odilov xizmatidan foydalangani yo‘q. Ularning hammasini o‘rniga Abbosbek Fayzullaev zo‘r o‘ynab berdi.

TsSKA bu turda “Axmat” futbolchilari bilan kuch sinashib, 3:0 hisobida zafar quchdi. Yirik hisoblagi g‘alabaga 19-daqiqada birinchi golni urgan legionerimiz poydevor qo‘ydi. Uchinchi gol ham bevosita Abbosning ishtirokida bo‘ldi. Darvoza oldida to‘p uchun Fayzullaev bilan kurashgan Darko Todorovich o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Rossiya futbolini yoritayotgan nufuzli manbalar tur yakunlariga ko‘ra, eng yaxshi o‘yinchilardan ramziy terma jamoalarni tuzib chiqmoqda.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga ikkita  ommaviy axborot vositasi tanlovi va ekspertlari xulosasini havola etadi.

CHAMPIONAT.COM:

Darvozabon: Aleksandr Belenov (“Fakel”).

Himoyachilar: Kellven (TsSKA), Diego Kosta (“Krasnodar”), Sesar Montes (“Lokomotiv”), Danil Krugovoy (TsSKA).

Yarim himoyachilar: Ilya Samoshnikov (“Lokomotiv”), Valeriy Tsarukyan (“Nijniy Novgorod”), Aleksey Batrakov (“Lokomotiv”), Abbosbek Fayzullaev (TsSKA).

Hujumchilar: Artyom Dzyuba (“Akron”), Jon Kordoba (“Krasnodar”).

CHAMPIONAT.COM izohi:

O‘zbek legioneri TsSKAning yirik hisobdagi g‘alabasi qahramonlaridan biri. Fayzullaev zo‘r zarba bilan “armiyachilar”ning birinchi golini urdi, uchinchi to‘p kiritilishida ham hissasi katta. Abbosbek o‘yin davomida darvozaga uch marta zarba berdi, jamoadoshlarining uchta yakuniy zarbasiga pas uzatdi, to‘rt marotaba jarima zarbasi ishlab berdi.

FOOTBALL.KULICHKI.NET:

Darvozabon: Stanislav Agkatsev (“Krasnodar”)

Himoyachilar: Kellven (TsSKA), Sesar Montes (“Lokomotiv”), Moyzes (TsSKA), Roberto Fernandes (“Dinamo”)

Yarim himoyachilar: Ilya Samoshnikov (“Lokomotiv”), Artyom Karpukas (“Lokomotiv”), Stefan Lonchar (“Akron”), Abbos Fayzullaev (TsSKA)

Hujumchilar:  Artyom Dzyuba (“Akron”),  Jon Kordoba (“Krasnodar”).

FOOTBALL.KULICHKI.NET izohi:

Ramziy terma jamoa chap qanot yarim himoyachisini tanlashda ozgina ayyorlik bo‘ldi. Chunki Abbos “Axmat”ga qarshi uchrashuvni deyarli o‘ng qanot hujumchisi sifatida o‘tkazdi.

Lekin o‘zbek legioneri o‘yinni chap qanotda boshlagani hisob. Fayzullaev zo‘r o‘yin o‘tkazdi. Aynan uning o‘zi birinchi bo‘lim o‘rtalarida aniq zarbasi bilan yirik hisobga asos yaratib berdi.

Ikkinchi bo‘limda Fayzullaev dublga yaqin edi. Biroq raqib himoyachisi to‘pni undan oldin o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev TsSKA va “Axmat” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi va maxsus sovrin bilan taqdirlandi.

Husanov “monstr”, men undan qo‘rqaman!

Bunaqada “Lans” Husanovni katta summaga sotib yuboradi...

Supergol urgan Fayzullaevning o‘yini qanday baholandi? Futbolchilar va fanatlar Abbos haqida nimalar deyapti?
Husanov raqibni “bo‘g‘ib” qo‘ydi! Legionerimizning o‘yini qanday baholandi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!