
Supergol urgan Fayzullaevning o‘yini qanday baholandi? Futbolchilar va fanatlar Abbos haqida nimalar deyapti?
Rossiya Premer-ligasining 10-turida TsSKA o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Axmat” jamoasi futbolchilarini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘yin qahramoni uchta goldan ikkitasida bevosita ishtirok etgan Abbosbek Fayzullaev bo‘ldi. 20 yoshli hujumkor futbolchimiz avvaliga hisobni ochdi. “Armiyachilar”ning uchinchi golida raqib futbolchisi Darko Todorovich jarima maydonchasi ichida Abbosbek bilan kurash olib borib, to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.
Juda faol o‘ynagan Abbosbek Fayzullaev uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrini bilan taqdirlandi.
Uchrashuvdan keyin TsSKA himoyachisi Danil Krugovoy hujumkor futbolchi pozitsiyasida o‘ynayotgan Abbosbek Fayzzulaevning jamoa uchun qanday ahamiyatga ega ekanini aytib o‘tdi.
- Fayzullaev urgan birinchi gol o‘yinda hammasini hal qilib berdi, goldan keyin biz ochilib ketdik.
Abbosbekning o‘zi shu paytga qadar gol ura olmayotganidan xavotirga tushmagan. U jamoa uchun juda ko‘p ter to‘kyapti.
Ertami, kechmi baribir Abbos to‘p kiritadigan vaziyat yuzaga kelardi. Bu gal gol urishni uddaladi.
Fayzullaev golli paslari va gollarini ikkinchi darajaga qo‘yadi, Abbos uchun jamoaviy o‘yin va harakatlar muhim hisoblanadi, - dedi Danil Krugovoy.
Ijtimoiy tarmoqlarda TsSKA muxlislari ham o‘zbek legioneri o‘yiniga o‘z munosabatini bildirmoqda.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga ana shu fikr va izohlarni havola etadi.
Mikredarmy:
Abbosga gap yo‘q!
Slava1973:
Abbos “Axmat”ga gol urdi.
Nikolai230265:
TsSKAning barcha muxlislarini g‘alaba, Fayzullaevni gol bilan tabriklayman. Boshqa hujumchilar ham gol urishi kerak edi, bu gal o‘xshamadi.
Firemonster:
“Armiyachilar” ishonchli g‘alaba qozondi. Fayzullaev hammani xursand qildi. Rifatga tezroq tuzalishini tilaymiz.
Run1:
Sharhlovchi faqat Oblyakovni maqtadi. Lekin eng zo‘ri Fayzullaev edi.
Myfathers1:
TsSKAga muxlislik qildim. Xudoga shukr, Fayzullaev zo‘r o‘ynayapti.
Fayzullaev, rostini ayt, nima bo‘ldi?
Fayzullaev “yondirdi”: Abbosdan supergol! Miralem Pyanich, nima deysan?
Italiya chempioni Fayzullaevga yordam beradi...
Frantsiyada o‘zbek futbolchisiga e’tibor qaratishdi!
Fikrlar