Ulug‘bek Baqoev: "Durang bizni to‘liq qanoatlantiradi, deb ayta olmayman, ammo..."

  • 20 oktabr, 2023, 21:56
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca-Cola Superliga 22-turidan o‘rin olgan «Metallurg» – «Buxoro» (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Jamoamizning turnir jadvalida egallab turgan o‘rnidan kelib chiqqan holda bugungi uchrashuvga ijobiy natijani ko‘zlagan holda kelgan edik. Dastlabki daqiqalarda yaxshi imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Ayniqsa, raqib bir kishi kam bo‘lib qolganidan so‘ng tashabbusni qo‘lga oldik. Chetlatish bizga pand berdi. Natijada o‘yin tizginini «Metallurg»ga berib qo‘ydik.

Ikkinchi taymda esa ustunlik to‘liq bekobodliklarda bo‘ldi. Durang natija bizni to‘la qanoatlantiradi, deb ayta olmayman. Ammo ochko kerak paytda safarda erishilgan durang bizga juda ham zarur edi. Imkoniyatlar etarli. O‘z mavqeimizni yaxshilashga intilamiz”, – dedi Baqoev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ггг Ггг
20/10/2023 22:11
Buhoradan uzgarish Bor nimagadir omadi kelmayapti