
Ulug‘bek Baqoev "Metallurg"dan uchralgan mag‘lubiyat va Superliganing markazlashgan holda o‘tishi haqida nimalar dedi?
Coca Cola Superliga 9-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "So‘g‘diyona" (2:0) uchrashuvidan so‘ng jizzaxliklar ustozi Ulug‘bek Baqoev matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Birinchi bo‘limda qoniqarsiz o‘yin ko‘rsatdik. Buning bir nechta sabablari bor, ammo buni muhokama qilishni istamayman. Ikkinchi bo‘limda yaxshiroq harakat qildik. Mag‘lub bo‘ldik, ammo bu futbol.
- Bugun hujum chizig‘ida Shohruz Norxonovning yo‘qligi bilindi.
- Men bunday demagan bo‘lar edim. Balki etishmagandir. Kartochkalari ko‘payib ketgani bois maydonga tushmagan futbolchini muhokama qilishi qiyin. Bizda 22 futbolchi bor.
- Milan Mitrovichning o‘rnida bugun Shirinboy Abdullaev harakat qildi. Legioner posbonda jarohat bormi?
- Yo‘q, tez-tez o‘yinlar o‘tkazyapmiz va shu bois unga dam olish imkonini berdik.
- Superliga bahslari markazlashgan holda Toshkentda o‘tadigan bo‘lsa, viloyat jamoalariga bu qanchalik ta’sir ko‘rsatadi?
- Bunday og‘ir vaziyatda rahbarlarga qanday og‘ir ekanligini tushunish mumkin. Barchani nazorat qilish qiyin. Agarda, shunday qaror qabul qilinsa, avvalo bu narsa xavfsizlik va qulaylik nuqtai nazaridan amalga oshiriladi.
Fikrlar