Umar Kremlyov super yangilikni e’lon qildi
IBA prezidenti Umar Kremlev tashkilot shafeligidagi yangi turnirni e’lon qildi.
"Kelgusi yildan boshlab, ikki yilda bir marta IBA boks bo‘yicha jamoaviy jahon chempionatlarini o‘tkazishni boshlaydi. Har bir terma jamoada ettitadan bokschi bo‘ladi va mukofot jamg‘armasi 10 million dollardan oshadi. 2026 yilda IBA milliy federatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, chempionatlar va sovrinlarni o‘tkazish, shuningdek, chempionatlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sportchilar va murabbiylarni qo‘llab-quvvatlash uchun 55 million dollar ajratadi. IBA kongressi 155 mamlakatni to‘pladi, u erda konstitutsiyaga yangi tuzatishlar tasdiqlandi. IBA boks oilasi sportni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun muhtoj sportchilar va federatsiyalarga 50 ming juft qo‘lqop va dubulg‘alar taqdim etadi.
Biz IBA Boxing Game’ni ishga tushirdik, unda sportchilar va muxlislar boks usullarini o‘rganish orqali onlayn musobaqalashishlari mumkin. Bizning maqsadimiz - boks butun dunyo bo‘ylab yana-da rivojlanishi uchun har bir bokschi va federatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashdir", - deb yozdi Kremlyov ijtimoiy tarmoqda.

Fikrlar