Umarbek Eshmurodov Eronga boradimi?

  • 8 iyun, 2024, 19:56
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi "Jar" stadionida Eronga ketish oldidan so‘nggi mashg‘ulotlarni o‘tkazdi. Vakillarimiz to‘liq tarkibda mashg‘ulot olib bordi. Turkmanistonga qarshi uchrashuvda jarohat olgan Umarbek Eshmurodov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U bugun ham yakka tartibda mashg‘ulot olib bordi. 

Tecno

"Turkmaniston bilan o‘yinimiz yaxshi bo‘ldi. Bizda gol urish uchun juda ko‘p imkoniyatlar bo‘ldi va maksimal foydalanishga harakat qildik. Guruhdan chiqqan bo‘lsak ham, yigitlar jiddiy yondashishdi va g‘alaba qozondik. Endi Eronga qarshi tayyorgarlik boshlaganmiz. Ushbu uchrashuvga ham xuddi shunday jiddiy tayorlanyapmiz. 

Jarohatim haqida gapiradigan bo‘lsam, shifokorlar bilan maslahatlashyapmiz. Kundan-kunga yaxshilanyapti. Bugun ham yakka tartibda mashg‘ulot olib boraman. Hozirgi rejaga ko‘ra, Eronga boraman. Biroq hammasini murabbiy va shifokorlar bilan maslahatlashganimizdan so‘ng aniq bo‘ladi", - dedi Eshmurodov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!