Umarovning goli "Ordabasi"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

  • 25.08.2024 23:02
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Qozog‘iston chempionati 18-turidan o‘rin olgan "Ordabasi" - "Aktobe" bahsi yakuniga etdi.

"Ordabasi" safidagi ikki legionerimiz Jasur Yaxshiboev va Shaxboz Umarov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. 

O‘yinning 13-daqiqasida "Aktobe" tarkibidagi Sebalos hisobni ochgan holda jamoasini oldinga olib chiqdi. 72-daqiqaga kelib esa yurtdoshimiz Shaxboz Umarov raqib darvozasini ishg‘ol etdi va kuchlarni tenglashtirdi. 

O‘yin yakuniga qadar hisob saqlanib qoldi va jamoalar bir ochkodan qo‘lga kiritishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!