Universiada-2019. O‘zbekistonning medallari soni to‘rttaga etdi

CHERY AUTO

Shu kungi bahslarda mutlaq vazn toifasida ishtirok etgan polvonimiz Davlat Bobonov ham universiadaning bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda sport vazirliga rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.

Tecno

Dastlabki bosqichlarda koreyalik Min Jong Kim va slovakiyalik Matey Xajasdan ustun kelgan Bobonov chorak finalda qozog‘istonlik Galimjan Krikbayga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bronza medali uchun kechgan o‘tish bahslarida germaniyalik hamda polshalik polvonlardan ustun kelgan sportchimiz uchinchi o‘rin uchun ozarbayjonlik Rustam Kotsoevga qarshi tatamiga chiqdi. Hal qiluvchi bahsni ishonch bilan boshlagan Davlat mashhur dzyudochini dastlabki daqiqadayoq ippon, ya’ni sof g‘alaba hisobiga mag‘lub etib, delegatsiyamiz hisobiga to‘rtinchi medalni qo‘shib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, delegatsiyamizning universiadadagi dastlabki ikki medalini ham dzyudo bo‘yicha tajribali murabbiy Abdukarim Tangriev shogirdlari Muhammadkarim Xurramov (+90 kg) va Hikmatillo To‘raev (-73 kg) qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!