
"Universiada-2021" yakuniga etdi
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sport majmuasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Universiada-2021” sport musobaqasining dzyudo bo‘yicha respublika final bosqichi o‘tkazilayotgan edi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan tashrif buyurgan 170 nafardan ortiq dzyudochi talaba-yoshlar, shundan erkaklar o‘rtasida 7 ta – 60, 66, 73, 81, 90, 100 va +100 kg vazn toifalarida, qizlar esa 48, 52, 57, 63, 70, 78 va +78 kg vazn toifalarida o‘z kuchlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tgan final o‘yinlari bugun o‘z yakuniga etdi. To‘plangan medallar soniga nisbatan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni Buxoro viloyati, 2-o‘rinni Toshkent viloyati va faxrli 3-o‘rinni Surxondaryo viloyati talaba yoshlari qo‘lga kiritishdi.
O‘z vazn toifasida erkaklar o‘rtasida Temur Abishev (60 kg, Toshkent shahri), Bunyod Fotexov (66 kg, Samarqand), Nozimjon Axtamov (73 kg, Buxoro), Umidjon Abdullaev (81 kg, Buxoro), Erkin Qozoqov (90 kg, Toshkent viloyati), Alovuddin Jo‘raqulov (100 kg, Buxoro) va Bahrom Saitov (+100 kg, Buxoro) g‘olib bo‘ldilar. Shuningdek, qizlar o‘rtasida esa Mohinur Mo‘minova (48 kg, Surxondaryo), Mohinur Chorieva (52 kg, Surxondaryo), Sitora Elmurodova (57 kg, Toshkent viloyati), Shahrizoda G‘anieva (63 kg, Buxoro), Xojiniso Kamolova (70 kg, Andijon), Filura Ergasheva (73 kg, Qashqadaryo), Xusanova Sitora (+78 kg, Toshkent viloyati) o‘z vazn toifalarida tengsiz bo‘ldilar.
Fikrlar