Ushu bo‘yicha O‘zbekiston kubogi yakunlandi
Poytaxtimizdagi “Jar” sport-sog‘lomlashtirish majmuasida 4 kun davom etgan ushu sport musobaqaning sanda va taolu yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari o‘z yakuniga etdi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin — Toshkent shahri jamoasi,
2-o‘rin — Andijon viloyati jamoasiga,
3-o‘rin — Jizzax va Namangan viloyatlari jamoalariga nasib etdi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.



Fikrlar