Vadim Abramov "Dinamo"ning mag‘lubiyatiga qanday izoh berdi?

  • 8 noyabr, 2024, 07:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 24-turida "Dinamo" o‘z maydonida "Lokomotiv"ni qabul qildi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Alamli mag‘lubiyat. Yana o‘z uyimizda. Futbol jazolaydi. Hisob 1:0 bo‘lib turgan paytda gol kiritib, hammasiga nuqta qo‘yish kerak edi. Bunaqasi ham bo‘lib turadi. Raqibni g‘alaba bilan tabriklash kerak. 

- Anvarni nega erta zaxiraga oldingiz?

- U ortga qaytmay qo‘ygach, qanotidagi yosh futbolchi doim 2x1 o‘ynashga majbur bo‘ldi. U charchab ham qoldi. Bizda ko‘p futbolchilar o‘zi uchun begona pozitsiyada o‘ynadi. Ratino davolanmoqda.

- Dinamo futbolchilarida motivatsiya yo‘qdek?

- Yigitlar nimadan charchagan bilmadim, ammo dam olish uchun ularda vaqt bor. Harakat qilamiz ularni ruhlatirishga. Bugun ham yutmoqchi edik, o‘xshamadi. Mavsumni yaxshi notada tugatish kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Искандар Нарзикулов
08/11/2024 07:44
Хакам нима сабабдан карип 15 минутга йакин кушиб берди куп тухталиш булмадику брибир птйтахт клубида йордам беришнинг эски усули унбринчи дакикада гол критилди