Vadim Abramov "Navbahor" futbolchilariga: O‘ynagisi kelmasa, maydonga tushib nima qiladi?

  • 27 oktabr, 2020, 20:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 6
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superligasining 21-turidan o‘rin olgan «Navbahor» - «Bunyodkor» (2:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumaning birinchi qismida mehmonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi va o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Nima deyishim mumkin? «Navbahor»ni g‘alaba bilan tabriklayman! Biz ham g‘alabaga harakat qilgandik, lekin keraksiz gollarni o‘tkazib yubordik. Birinchi bo‘limda futbol o‘ynadik. Tanaffusdan so‘ng taxminan 15 daqiqa futbol bo‘ldi. Qolgan daqiqalarni asosan yotib olishlarga sarfladik. Lekin ikkinchi bo‘limga atigi to‘rt daqiqa qo‘shib berildi. O‘ynagisi kelmasa maydonga tushib nima qiladi? To‘g‘ri yutqazdik, muammo yo‘q. Biroq futbol o‘ynash kerak. Muxlislar ham futbol ko‘rgani keladi, yotib olishlarni tomosha qilish uchun emas! Masalan, bugungidek futbol sizlarga yoqadimi? Har to‘qnashuvdan keyin o‘yin to‘xtaydi, yordam ko‘rsatiladi? Tabriklayman, g‘alaba qozondinglar, e’tiroz yo‘q, bu o‘zimizni oqlash ham emas, lekin bunaqa o‘yin futbolimizning foydasiga xizmat qiladimi?

Bugun nega yutqazdik? Shunchaki imkoniyatlardan foydalana olmaslik. Yaratilgan xavfli vaziyatlarni golga aylantirish bo‘yicha tajriba kamligi pand berdi. Vaholanki, imkoniyatlardan foydalanganimizda birinchi bo‘limdayoq hammasini hal qilardik. Ammo unday bo‘lmadi. Aksincha, ikkinchi golni o‘tkazib yubordik, keyin hammasi boshlandi.

"Bunyodkor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Расулжон Тоштемиров
28/10/2020 11:54
Абрамов Мухамамадев ухшаб бахона килиб юрманг
Яшин. Ш.И
27/10/2020 21:54
Навбахордан бундай шиддатни кутмаган(менсимаган) Абрамов тан олиш ўрнига ақлдан озгандек интервью берибди.
&
998915993686
27/10/2020 21:31
Kecha Qòqon-1912 Nasafni 2 òringa chiqib olishiga yordamlashgandi, bugun Navbahor Qòqon-1912ni 4-òringa mustahkamlanishiga yordam berdi baraklla.
MD VDA
27/10/2020 21:26
Щуда ютказза аламдан бошка нарса йук узларичи ютиб туриб ухлаб етадику майдонда.
Ахлиддин Файзуллоев
27/10/2020 21:21
Ютказдинг ортикча гапирма. Яхши уйин булди. Жаа ётиб олгани йук хеч ким.
&
BLCHAD
27/10/2020 21:05
O'siraqqa Arpa unibahona