
Vadim Abramov o‘z jamoasiga "Bunyodkor"dan iqtidorli futbolchini transfer qildi
"Dinamo" klubi Superliganing yana bir eng iqtidorli o‘yinchilaridan birini o‘z safiga qo‘shib olganini mamnuniyat bilan ma’lum qiladi.
Toshkentda o‘tayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashgan Farrux Ikromov "Dinamo" bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.
"Bunyodkor" tarbiyalanuvchisi 2021 yil Vadim Abramov qo‘l ostida to‘p surib, 16 o‘yinda 6ta gol va 2ta assist bilan Superliganing eng yaxshi o‘yinchisiga atalgan sovringa da’vogarlik qilgandi. O‘tgan mavsumni esa "Navbahor" va "Bunyodkor" tarkibida o‘tkazdi. Farrux o‘tgan yillar davomida O‘zbekiston yoshlar, olimpiya va milliy jamoasi safida ham maydonga tushgan.
Fikrlar