Vadim Abramov Pro liga jamoasida ishlashga rozimi? Uning o‘zi javob berdi

  • 24 noyabr, 2022, 07:05
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Superligasi 2022 yilgi mavsumi nihoyasiga etdi. Chempionat yakuniga ko‘ra "Dinamo" hamda "Qo‘qon-1912" jamoalari to‘g‘ridan to‘g‘ri Pro ligaga ravona bo‘ldi.

Saytimiz jurnalisti samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan bog‘lanib, intervyu uyushtirdi. Tajribali mutaxassis suhbat davomida yangi mavsumda ham "Dinamo"da ishlashni davom ettirish-ettirmasligi haqidagi savolga javob berdi.

Bevosita o‘zingizni “Dinamo” klubidagi ishlaringiz haqida so‘ramoqchiman. Jamoadagi kelajagingiz nima bo‘ldi? Bundan keyin ham Samarqandda ishlashda davom etasizmi yoki shartnoma uzaytirilmaydimi?

- Garchi quyi ligaga tushib ketgan bo‘lsak-da, agar rahbariyat men bilan hamkorlik qilishni istasa, jamoadagi faoliyatimni davom ettirishga tayyorman. Murabbiylar shtabidagi hamkasblarim bilan Samarqanddek shahar sha’nini munosib himoya eta oladigan klubni shakllantirishga astoydil harakat qilamiz.

- Demak, Pro ligada ham qolib ishlashga tayyorsiz, shundaymi?

- Ko‘ramiz. Boya yuqorida quyi ligada ham ishlashga qarshi emasman deb bejiz aytganim yo‘q. Bu men uchun hech qanday muammo bo‘lmaydi.

- U holda klub bilan bog‘liq qandaydir rejalaringiz bormi?

- Rejani chempionat boshlanishiga bir-ikki oy qolganida tuzamiz. Yangi mavsum esa kelasi yili martda start oladi. Bizda chempionat bahslari boshlanishi biroz g‘alati. Avvaliga aniq sanalarini ham bilmasdan qolamiz. Qisqasi, rejani mavsum arafasida tuzish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Hozir bu haqida gapirish noo‘rin.

To‘liq intervyuni quyidagi havola orqali o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!