Vadim Abramov: "Tarkib borasida hammasi joyida, endi yaxshi o‘yin namoyish etish qoldi"

  • 21 iyun, 2024, 00:46
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

«Dinamo» jamoasi uy stadionida ilk mashg‘ulotlarini o‘tkazgach, klub matbuot xizmati bosh murabbiy Vadim Abramovdan intervyu oldi.

- Vadim Karlenovich, nihoyat jamoa o‘z stadioniga qaytdi, birinchi mashg‘ulot o‘tkazildi. Hissiyotlar qanday?

- Albatta, uyimizdamiz va maydon ham yaxshi holatda, bu yoqimli. Ob-havo ham yaxshi, salqin. Uyda devorlar ham yordam beradi, deyishadi. Shunga umid qilamiz va tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Asosiysi – muxlislarning stadionga kelishi uchun ularga yoqadigan o‘yin ko‘rsatish. 

- Maydonning holati qanday ekan?

- Hammasi yaxshi, maydon tabiiyki yaxshi holatda, keyinchalik o‘yinlarga qay daraja chidamliligini vaqt ko‘rsatadi. 

- O‘yinga 2 kun vaqt qoldi, rejalar, umuman tarkib bo‘yicha muammolar yo‘qmi?

- Shukurki, tarkib borasida bizda hammasi yaxshi. Diskvalifikatsiyalar ham tugagan. Endi yaxshi o‘yin namoyish etish qoldi. 

- «Andijon» bilan o‘yinda stadionda chiroyli futbol atmosferasi yaratiladi. Bu jamoaga ham yordam bersa kerak?

- Albatta, bu shubhasiz yordam beradi. Shu bois barcha samarqandlik muxlislarni bizni qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga chorlab qolamiz. Biz ham ularni xursand etishga harakat qilamiz, - deydi Vadim Karlenovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Искандар Нарзикулов
21/06/2024 11:07
Вадим бобо шу йил ДИНАМО тарихида янгилик яаратиб беришга якин турибсиз омад сизга чарчаманг