"Valensiya" o‘zining sodiq muxlisi nomini abadiylashtirdi

  • 04.06.2019 18:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning “Valensiya” klubi o‘zining sodiq muxlisi Visente Aparisio xotirasini abadiylashtirishga qaror qildi.

Ta’kidlash kerakki, Aparisio ko‘zi ojiz bo‘lishiga qaramay 40 yil davomida doimiy ravishda “Valeniya”ning uy o‘yinlariga tashrif buyurgan. Uni stadionga olib kelgan o‘g‘li esa unga maydonda bo‘layotgan voqealarni gapirib turgan.

“Ko‘rshapalaklar” rahbariyati Aparisioning o‘limidan ikki yil o‘tib jamoaning uy stadioni hisoblangan “Mestalya”da yodgorlik haykali o‘rnatdi. U o‘yingohning 15-qator 164-o‘rindig‘iga joylashtirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!