"Valensiya" sobiq futbolchisi: "Masharipov Ispaniya chempionatiga mos"

  • 19 may, 2021, 08:30
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, saytimizning "Youtube" kanalida "Shabab Al-Ahli" futbolchisi Jaloliddin Masharipov bilan bo‘lib o‘tgan suhbat joylashtirildi. Intervyu jarayonida dubayliklar legioneri Fede Kartabiya hamyurtimiz haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan.

Tecno

"Masharipov Evropa jamoalarida o‘ynay oladi. Menimcha, u ko‘proq La Ligaga mos. Uning potentsiali yuqori. Birga o‘ynab ko‘rgan futbolchi sifatida aytishim mumkinki, u har qanday jamoani kuchaytiradi. Odil, Jalol, Aziz bir davlatdan bo‘lishiga qaramay, o‘yin uslubi har xil. Ularga kelajakda omad tilayman", - dedi argentinalik futbolchi. 

Ma’lumot uchun, Kartabiya "Valensiya" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "ko‘rshapalaklar"ning turli xil yosh toifalaridagi jamoalarida harakat qilgan. Shuningdek, Fede faoliyati davomida "Kordoba", "Braga" va "Deportivo" kabi jamoalar sharafini ham himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Содир Гаффоров
19/05/2021 22:43
100 foiz bilaman evropaga ketmaydi .Chunki jalolga pul kerak uyini 3 qavatlik qilishi kerak .bmw olishi kerak .Evropada esa arablardek pul bermaydi .Shuning uchun Uzbekiston hech qachon jch-ga chiqa olmaydi essiz shuncha sarflanayotgan mablag'lar.