Valentina Shevchenko mendan qo‘rqyapti
Xitoylik UFC jangchisi Van Tsung amaldagi chempion Valentina Shevchenkoni keskin tanqid qildi.
"Valentina kikboksda mendan yengilgan. Biroq hozirgacha bu mag‘lubiyatni qabul qila olmaydi. Yana bir gap: u hozir ham juda zerikarli janglar ko‘rsatadi.
Biz Valentina bilan birga Makaoda o‘zaro oktagonga ko‘tarilishimiz kerak edi. Biroq, u menga qarshi bahsdan bosh tortdi. O‘ylashimcha, u mendan qo‘rqayapti", - dedi Van.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yil 31 oktyabr kuni kikboks bo‘yicha o‘tkazilgan "Kunlun Fight 33" turnirida Tsung hakamlarnig yakdil qaroriga ko‘ra Shevchenko ustidan g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar