Valeriya Savinix barchani lol qoldirdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Limojada tennis bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqaning juftlik bahslarida rossiyalik Valeriya Savinix va belgiyalik Marina Zanevskaya finalga yo‘l oldi.

Turnirning yarim finalida Valeriya hamda Marina tandemi ruminiyalik Monika Nikulesku va Aleksandra Kadantsu bilan kuch sinashish kerak edi. Biroq ruminiyalik tennischilar uchrashuvni o‘tkazishdan bosh tortib, mag‘lubiyatni tan oldi.

Endi Savinix va Zanevskaya so‘nggi hal qiluvchi final uchrashuvida rossiyalik Alla Kudryavtseva hamda gollandiyalik Mixaell Kraychek, yoki  frantsiyalik  Xloe Pake va Polin Parmente juftligiga qarshi kortga chiqadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!