Valverde ham tarixga kirdi
UEFA Chempionlar ligasi 2025/2026 mavsumi 1/8 final birinchi oʻyinida Madridning “Real” jamoasi Federico Valverdening dastlabki boʻlimdagi uchta goli evaziga “Manchester Siti”ni 3:0 hisobida yengdi.
Bu Valverdening professional faoliyatidagi ilk xet-trik boʻldi.
Bundan tashqari, Federico Chempionlar ligasida xet-trik qayd etgan urugvaylik ikkinchi futbolchi sifatida nomini musobaqa tarixiga yozdirdi.
Urugvay futbolchilari orasida shu paytga qadar faqat bir kishi – Valter Pandiani qit’aning eng nufuzli musobaqasida bir oʻyinda uchta toʻp kiritgan edi. Bu natijaga birinchi boʻlib “Deportivo”da oʻynagan Valter Pandiani 2000/2001 yilshi mavsumda erishgan.
Fikrlar