Valverde: “Madrid sardorlaridan biri bo‘lish juda katta sharaf”

  • 18 fevral, 19:50
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid” yarim himoyachisi hisoblangan Federiko Valverde “Manchester Siti”ga qarshi pley-off bosqichining javob bellashuvidan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Urugvaylik futbolchi bo‘lajak muhim bahs va klubdagi jamoa sardorligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
“Men murabbiy ixtiyoridaman va har qanday pozitsiyada o‘ynashga tayyorman. 

Ertaga futbolchilar va muxlislar umumiy maqsadimizga erishish uchun birlashishi kerak. Biz o‘yinga bo‘lgan munosabatimizni yaxshi tomonga o‘zgartiryapmiz. Albatta, birinchi o‘yin natijasi bizga xotirjamroq o‘ynash imkonini beradi, chunki biz o‘yinimizni sezilarli darajada yaxshiladik deb bemalol ayta olaman. 

Madrid sardorlaridan biri bo‘lish - bu katta sharaf va g‘urur hisoblanadi. Shuningdek, yoqimli bosim ham desam adashmagan bo‘laman. Men hali hamon sardorlarimizdan o‘rganishda davom etaman. 

Dani Karvaxal, Luka Modrich va Lukas Vaskes menga yordam berishmoqda. Ular har doim menga qanday qilib yaxshi sardor bo‘lish bo‘yicha maslahat beradilar. Men hali ham o‘rganish jarayonidaman. 

Biz bu qarama-qarshilik hali tugamaganini tushunamiz. "Siti" bizdan o‘tib ketish uchun hamma narsani qiladi. Biz tayyor bo‘lishimiz zarur” – dedi 26 yoshli yarim himoyachi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, “qirollik klubi” va “shaharliklar” ishtirokidagi javob bellashuvi 19 fevraldan 20 fevralga o‘tar kechasi soat 01:00 da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!