Valverdega darrov super xaridor chiqdi

  • 15.05.2026 06:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning eng qudratli klubi “Pari Sen-Jermen” tarkibini kuchaytirish maqsadida “Real” yarim himoyachisi Federico Valverdega jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Markos Benito El Chiringuito efirida parijliklar allaqachon urugvaylik futbolchining atrofidagilar bilan bog‘langanini ma’lum qildi. Ammo bu Valverdening “Real”ni tark etish niyati borligini yoki madridliklar unga yangi jamoa qidirishini aytganini anglatmaydi.

Avvalroq Valverde o‘tgan hafta jamoa mashg‘uloti vaqtida kiyinish xonasida yarim himoyachi Orelien Tchuameni bilan mushtlashib ketgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi. Oqibatda urugvaylik futbolchi yiqilib, stolga urilib ketgan va bosh miya jarohatini olgandi. Klub har ikki futbolchini 500 ming yevro miqdorida jarimaga tortgan.

Ayrim manbalar “Qirollik klubi” boshqa o‘yinchilarga o‘rnak bo‘lishi uchun Federico Valverdeni yozda sotib yuborishga harakat qilishi haqida turli ma’lumotlar chiqa boshlandi.

Ushbu mavsumda Valverde barcha musobaqalarda 48 ta o‘yin o‘tkazib, to‘qqizta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali urugvaylik futbolchini 120 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!