Van de Bek faoliyatini La Ligada davom ettiradi

  • 7 iyul, 2024, 09:54
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi yillarni juda yomon xotiralar bilan o‘tkazayotgan Donni van de Bek yangi klubga ko‘chib o‘tmoqda. 

"Manchester Yunayted" va "Jirona" yarim himoyachi borasida kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. Uning so‘zlariga ko‘ra, Donni uchun dastlabki to‘lov 500 ming evro bo‘ladi. Shundan keyin mavsumdagi o‘yinlariga qarab to‘lov narxi 4 yoki 5 million evroga oshadi. Agarda undan ham ko‘proq maydonga tushadigan bo‘lsa, transfer uchun kataloniyaliklar 15 million evro to‘laydi. 

Van de Bek yakuniga etgan mavsumning yarmini "Ayntraxt"da o‘tkazdi. Ammo unga ko‘p ham o‘yin amaliyoti berilgani yo‘q.Xavbek 10 ta o‘yinda ishtirok etgan bo‘lsa, shulardan yarmini zaxiradan boshladi. 

27 yoshli futbolchi 2020 yilda 39 million evro evaziga sotib olingan. O‘sha vaqtda uning narxi 55 million evro edi. Ayni paytdagisi esa 5 million evroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!