Vaskes Kroosga: Tur yo‘qol!
Lukas Vaskes Toni Kroosning futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqidagi postga xazilomus javob qaytardi.
Vaskes Tonining "Men hech bo‘lmasa trenddamanmi?", degan fikriga "tur yo‘qol", deya javob qaytardi.
Shundan so‘ng 32 yoshli futbolchi Kroosning qarori haqida jiddiyroq gapirdi.
"Meni qanday aldadingiz? Siz bilan o‘ynash kareramdagi eng katta imtiyozlardan biri edi. Biz birga ko‘p narsalarni boshdan kechirdik va ko‘p narsaga erishdik.
Do‘stim, sen "Real" afsonasisan. Men senga barcha ezgu tilaklarni tilayman. Birgalikda oxirgi jangni (Chempionlar ligasi finali) kutib qolamiz. Sen bilan birga to‘p tepish katta sharaf edi. Rahmat. Seni juda sog‘inaman, do‘stim", - dedi ispaniyalik xavbek.
Fikrlar