Velaskes UFC ga qaytadimi?

  • 10.01.2024 17:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Keyn Velaskes(14-3) 14 yanvarga o‘tar kechasi Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan "UFC Fight Night 234" turnirida Gabriel Benites(23-10) bilan jang qilishi mumkin.

Sud jangchiga tegishli ruxsat berdi. Keyn Velaskes 2022 yilning noyabrida garov evaziga ozodlikka chiqdi, u avvalroq qotillikka urinishda ayblanib, 8 oy qamoqda o‘tirgan edi. Keyinchalik sud Keynga kurash musobaqalarida qatnashish, shuningdek, AKA sport zalida murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat bergan.

Eslatib o‘tamiz, Velaskes oxirgi jangini Frensis Ngannuga qarshi o‘tkazib, mag‘lub bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!