Velotrekchilarimiz Ostonadagi turnirda 3 ta medalga ega chiqdi
Qozog‘iston poytaxtida velotrek bo‘yicha “Silk Way Series Astana 2026” turnirining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. 10 ta davlatdan tashrif buyurgan poygachilar ishtirokidagi bellashuvlarda sportchilarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Kumush medal:
Samira Ismoilova / Asal Rizaeva (medison)
Sergey Rostovsev (omnium)
Bronza medal:
Nafosat Kozieva (omnium)
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar