“Venetsiya” yana A Seriyaga qaytdi
“Venetsiya” klubi bir yillik tanaffusdan so‘ng Italiya A Seriyasiga qaytdi.
Jovanni Stroppa shogirdlari 37-turda “Spetsiya” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynab, oliy ligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Jamoa hali ham birinchi o‘rinni “Frozinone”ga boy berishi mumkin, ammo ikkinchi pog‘onadan pastga tushmaydi.
Ma’lumot uchun, “Venetsiya” o‘tgan mavsum A Seriyada 19-o‘rinni egallab, quyi ligaga tushib ketgan edi.

Fikrlar