
Vernerning narxi 10 mln evroga arzonlashi mumkin. Agar...
“RB Leyptsig” klubi forvardi Timo Vernerning narxi 10 mln evroga pastlashi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, agar “RB Leyptsig” Germaniya chempionligini qo‘lga kirita olmasa, u holda Vernerning tovon puli 50 mln evroga tushib qoladi.
“Inter” Vernerni “Barselona”ga o‘tishi kutilayotgan argentinalik hujumchisi Lautaro Martines o‘rniga olib kelmoqchi. Unga shuningdek “Liverpul” asosiy da’vogar hisoblanadi.
Fikrlar