
Vesko Steshevich: "O‘rinboevning jarohati sabab rejalarimizga o‘zgartirish kiritishga majbur bo‘ldik"
O‘zbekiston kubogi 1-turi "Metallurg" - "Sirdaryo FA" (5:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"O‘yinidan boxabar bo‘lmagan quyi dvizion jamoasidan har narsani kutish mumkin. Yaxshiki, bugun birinchi liga klubiga qarshi o‘yinda natija biz uchun ijobiy ko‘rinish hosil qildi, 5 ta gol urdik. Kuchli raqibga munosib qarshilik ko‘rsatishga bo‘lgan tinimsiz harakat raqibning futbolga professional yondashuvini ko‘rsatdi.
- Kubokda jamoa oldiga qanday vazifalar qo‘yilgan?
Keyingi turda "Do‘stlik" bilan o‘ynaymiz. Hozirda bizning maqsadimiz har bir uchrashuvda g‘alaba qozonish va guruh bosqichidan chiqish.
- Zabihillo O‘rinboev qachon safga qaytadi?
Bu bizning eng katta yo‘qotishimiz. O‘rinboevning jarohati sabab rejalarimizga o‘zgartirish kiritishga majbur bo‘ldik. Biz uni safga tezroq qaytishiga umid qilayapmiz", - dedi Steshevich.
Fikrlar