“Vest Xem” futbolchilari Payetdan yuz o‘girmoqda

  • 16 yanvar, 2017, 20:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

“Vest Xem”da mojaro keltirib chiqargan frantsiyalik legioner Dimitri Payetning qilmishi uning jamoadoshlariga ham yoqmadi. Payet bilan do‘stona aloqada bo‘lgan jamoa sardori Mark Noubl mahoratli yarim himoyachining nega bunday qilganidan hayratga tushganini ma’lum qildi.

- Dimitri Payet men birga o‘ynagan futbolchilar ichida eng zo‘rlaridan biri, - deydi Mark Noubl. – Biz do‘stona munosabatdaligimizga qaramay oxirgi 2-3 haftadan beri gaplashmayapmiz. Agar odam bir jamoada o‘ynagisi kelmasa, umuman maydonga tushmasligi kerak. U nega bunday qilayotganini anglaganim yo‘q.

Dimitri Payet o‘tgan yili jamoa bilan shartnoma uzaytirgan va eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanganiga qaramay, keyingi paytda “Vest Xem”da o‘ynamasligini ta’kidlamoqda. Jamoa ham undan voz kechdi va boshqa chempionatga transfer qilmoqchi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!