
Veynaldum yozda sobiq ustozining jamoasiga o‘tadi
"Liverpul" yarim himoyachisi Jorjino Veynaldum mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni xohlamadi va faoliyatini qaerda davom ettirish bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.
Mirror nashrining yozishicha, gollandiyalik futbolchining yangi jamoasi “Barselona” bo‘ladi. Uning aynan “ko‘k-anor ranglilar” safiga o‘tayotganining asosiy sababi, “Barsa”ni hozirda Ronald Kuman boshqarayotganidir. Ular bungacha Gollandiya terma jamoasida birga faoliyat olib borgan.
Veynaldum “Liverpul” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. Uning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar