Vidalning Evropadagi ertagi poyoniga etmoqda
"Inter" yarim himoyachisi Arturo Vidal “neradzurrilar” bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, chililik futbolchi yaqin orada “Inter” bilan imzolangan o‘rtadagi kelishuvni bekor qiladi. Buning evaziga Milan klubi unga to‘rt million evro tovon puli to‘laydi.
Xabarlarga qaraganda, Vidalning yangi manzili Braziliyaning "Flamengo" klubi bo‘ladi. U bu jamoa bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi. Shu hafta u braziliyaliklar safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, so‘ngra kelishuv haqida rasman e’lon qilinadi.
35 yoshli chililik futbolchi “Inter” safida 2020 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 70 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar