Vinisius: Jud "Real"da o‘ynash uchun tug‘ilgan!

  • 7 oktabr, 2023, 22:46
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" hujumchisi Vinisius Junior jamoadoshni Jud Bellingem haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi. 

Tecno

"Biz bugungi o‘yinni yaxshi boshladik. Uchrashuv boshida gol o‘tkazib yubormaslik uchun tempni o‘zgartirdik va bu muhim rol o‘ynadi. Ikkinchi taymda esa qo‘shdik. Jamoada kuchli va tezkor futbolchilar bor.

Har kuni vaziyatlar yaratish borasida ishlaymiz. Bugun biz ulardan foydalana oldik. "Bernabeu"da gol urganimdan xursandman, bu ajoyib kun edi.

Bellingem aqlbovar qilmas futbolchi. U "Real"da o‘ynash uchun tug‘ilgan, bu kundek ravshan. Jud bilan uzoq yil birga o‘ynamiz deb umid qilaman. U bilan birga o‘ynash imkoniyatga ega bo‘lganimdan xursandman", - dedi braziliyalik futbolchi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!