Vinisius muxlislari ning hush takbozligiga munosabat berdi

  • 15.10.2026 14:47
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Vinisius Juniyor «Santyago Bernabeu»da o‘z muxlislari tomonidan eshitilayotgan shovqin va hushtakbozlikka munosabati haqida jurnalistlarga gapirib berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hushtakbozlik, albatta, o‘yinga ijobiy ta’sir qilmaydi. Shu bilan birga, Vinisius muxlislar stadionga katta pul to‘lab kiradi va o‘zlarini kerak deb bilgancha tutishga haqli ekanini ta’kidladi. Braziliyalik futbolchiga ko‘ra, «Real» futbolchilari qachonki tribunalar qo‘llab-quvvatlasa, o‘shanda yaxshiroq o‘yin namoyish etadi.

«Menimcha, meni hushtakbozlikka olish osonroq, chunki bu yerda eng ko‘p o‘ynagan futbolchilardanman va jamoa sardorlaridan biri hisoblanaman. «Real»ga birinchi kelganimda ko‘pchilik ustimdan kulardi, hozir esa madridliklar safida 100 tadan ortiq gol urgamman», — dedi Vinisius.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius Juniyor La Liga doirasidagi «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda raqib futbolchining sochidan tortib yuborgani uchun to‘rt o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!