Vinisius "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish istagi haqida gapirdi

  • 27 avgust, 2024, 17:36
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Vinisius Junior "Oltin to‘p" uchun kurash haqida gapirdi.

- "Oltin to‘p"" sovrindorlari orasida ko‘plab braziliyalik futbolchilar bor. Lekin menga eng yaqinlari, albatta, Ronaldo va Ronaldino.Ular har kuni "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishim kerakligini aytadilar.
Men yaqinda Ronaldo bilan Ibizada uchrashdim, uning uyida mashg‘ulot o‘tkazdim va u menga: Yana bir necha kun shu erda mashq qil, shunda "Oltin to‘p"ga yaqinlashasan, dedi.

Ular aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirgan futbolchilar. "Oltin to‘p" uchun kurasha olish va ular kabi bu sovrinni qo‘lga kiritish - chindan ham aql bovar qilmaydigan narsa, - dedi "Real Madrid" vingeri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!