Vinisius uchun kurash avjiga chiqyapti

  • 28.07.2026 11:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasida to‘p surib kelayotgan yulduz hujumchi Vinisius Zhunior ushbu yozda Londonning «Arsenal» klubi uchun asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylandi.

Insayder Florian Plettenbergning ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan ma’lumotlariga ko‘ra, «Real» Vinisiusga shartnomani uzaytirish bo‘yicha rasmiy taklif yo‘llagan. 

Shu bilan birga, «Arsenal» ham futbolchini sotib olish yuzasidan ilk rasmiy taklifini tayyorlamoqda.

26 yoshli braziliyalik o‘tgan mavsumda La Liga doirasida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Vinisius Zhuniorning «Real» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili nihoyasiga yetadi. Futbolchining taxminiy bozor qiymati 140 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!