Vinisiusdan qo‘rqmayman!

  • 06.08.2026 11:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Arsenal”ning yangi vingeri Xristos Tsolis “Real” yulduzi Vinisius Juniyor jamoaga kelishi mumkinligi uni xavotirga solmayotganini aytdi.

Londondiklar bu yozda Tsolisni “Bryugge”dan 34 million funt sterling evaziga sotib oldi. Grek futbolchisi allaqachon o‘zini ko‘rsatishga ulgurgi va o‘tgan shanba kuni “Jirona”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida gol urdi.

“Arsenal” hali ham Vinisiusni o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakat qilmoqda. Biroq Tsolis kim raqobatchi bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘z imkoniyatlariga ishonishini ta’kidladi.

- Men o‘ziga ishongan futbolchiman. Shuning uchun kelajak haqida yoki klub bu pozitsiya bo‘yicha qanday qaror qabul qilishi haqida o‘ylamayman.

Men faqat o‘z o‘yinimni yaxshilash va jamoaga tezroq moslashish haqida o‘ylayman. Mavsum boshidanoq jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazish, o‘rtoqlik uchrashuvlarida qatnashish va keyin rasmiy o‘yinlarga tayyorlanish imkoniyatiga egaman.

Endi men o‘z fazilatlarimni namoyon qilishim va jamoaga nima bera olishimni isbotlashim kerak. Yaqin o‘yinlarda buni ko‘rsatishimga ishonaman.

Dunyoning eng kuchli jamoalaridan birida o‘ynash — ajoyib imkoniyat. Men bu yerda rivojlanishni va eng yuqori darajaga chiqishni istayman- dedi Xristos Tsolis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!