Vinisiusga Angliyadan jamoa topildi
“Real” hujumchisi Vinisius Zhunior faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Fichajes nashri xabar berishicha, braziliyalik futbolchini oʻz safiga qoʻshib olishga “Manchester Yunayted” bel bogʻlagan.
Madridliklar esa, klub bilan shartnomasini uzaytirishga shoshilmayotgan oʻyinchisini kelasi yozda tahminan 150 million yevro atrofidagi summaga sotish variantini koʻrib chiqishga tayyor.
Vinisius Zhunior 2018 yilda “Flamengo”dan “Real”ga 45 million yevro evaziga koʻchib oʻtgan edi.
Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda hujumchi “Real” safida 26 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urdi va 8 ta assist muallifi boʻldi.
Transfermarkt portali Vinisiusning qiymatini 150 million yevro deb baholamoqda.
Fikrlar