Vinisiusning shaxsan o‘zi kelajagiga oydinlik kiritdi

  • 12 fevral, 15:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" hujumchisi hisoblangan Vinisius Junior klubni tark etishi haqida xabarlarga o‘zining munosabatini bildirdi 
 
"Biz klub bilan yangi shartnoma haqida gaplashyapmiz. Mening istagim bu erda uzoq vaqt qolish va "Real Madrid" uchun tarix yaratish. Umid qilamanki, kelgusi kunlarda hamma narsani hal qilib, uzoq yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishamiz" - dedi braziliyalik yulduz. 
 
Xabaringiz bor, futbolchining so‘nggi oylardagi qoniqarsiz natijalari sabab, uning PSJ yoki Saudiyaga yo‘l olishi haqidagi mish-mishlar tarqalayotgan edi. Biroq, 24 yoshli hujumchi "Manchester Siti"ga qarshi bahsdan so‘ng kelajagi haqida savollarga qisqa javob berib, Madridda qolmoqchi ekanligini ta’kidladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!