Vitinyaning “Real”ga o‘tishiga uchta sabab aytildi

  • 02.04.2026 13:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi mutasaddilari Yevropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen”ning yetakchi oʻyinchisi Vitinyani sotib olish variantlarini oʻrganmoqda.

Madridliklar Fransiya klubi Chempionlar ligasida oʻz unvonini himoya qilish jarayonida portugaliyalik futbolchi transferini muhokama qilishni istamayapti. Bu haqida Ispaniyaning Cadena Ser portali xabar berdi.

Shunga qaramay, nufuzli manba Vitinyaning “Qirollik klubi”ga oʻtish ehtimolini oshirayotgan uchta sababni keltirib oʻtdi.

Birinchidan, Vitinya va PSJ oʻrtasida futbolchini 100 million yevro evaziga boshqa jamoaga oʻtishi mumkinligi haqida kelishuv mavjud.

Ikkinchidan, Parij va Madrid klublari oʻrtasidagi munosabatlar hozir bir necha oy avvalgidek keskin emas, vaziyat ancha yumshagan.

Uchinchidan, 26 yoshli yarim himoyachi Parij klubidagi faoliyati bosqichidan soʻng yangi chaqiriqlarga ochiq.

Joriy mavsumda Vitinya barcha musobaqalarda 41 ta oʻyinda ishtirok etdi, ularda 7 ta gol va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha moʻljallangan. Transfermarkt portali maʼlumotiga koʻra, futbolchining bozor qiymati 110 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!