
Voleybol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Toshkentda o‘tayotgan Osiyo chempionatida yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Hamyurtlarimiz pley-offdagi ikkinchi uchrashuvda eronlik tengqurlariga qarshi bahs olib borishdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Murosasiz bellashuv Eron jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Voleybolchilarimiz guruh bosqichini 1-o‘rinda yakunlashgani, parallel bahsda yarim finalga yana bir da’vogar Yaponiya Qozog‘istonga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergani va boshqa qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga yarim final yo‘llanmasiga sazovor bo‘lishdi. Endi jamoamiz bugun final va jahon chempionati chiptasi uchun Pokistonga qarshi maydonga chiqadi.
Fikrlar