VXL davom ettiriladi, faqat...

  • 14 aprel, 2020, 12:54
  • 0
  • Xokkey
TIGGO 2 PRO

Oliy xokkey ligasi (VXL) mavsumning to‘xtab qolgan qismidan virtual tarzda davom ettirilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, har kuni VXLning ijtimoiy tarmoqlarida ovoz berish uslubida "virtual o‘yinlar" bo‘lib o‘tadi. Aynan ovoz berish yakunlariga ko‘ra, g‘olib jamoa nomi e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, pley-off bahslari 4 ta g‘alabaga qadar davom etadi. "Uchrashuvlar" 12 soat davom etadi (Toshkent vaqti bilan  10:00-22:00).

Bugun, ya’ni 14  aprel sanasidan boshlab chorak final bosqich bahslari "davom ettiriladi". Eslatib o‘tamiz, Toshkentning "Humo" jamoasi seriyada "Zvezda" klubiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!