VXL. "Humo" pley-offga chiqdi!

  • 6 fevral, 2020, 02:10
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

"Humo" jamoasi o‘z maydonida Tverning "Dinamo" klubiga qarshi bahs olib bordi va 5:4 hisobida raqibdan ustun keldi. "Qanotlilar" uchrashuv davomida ikki bor hisobda ortda qolganlariga qaramay irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Tecno

Shu tariqa, birinchi konferentsiyada 59 ochko (A divizonda 59 ochko, 5-o‘rin) jamg‘arishga erishgan Evgeniy Popixin shogirdlari pley-off yo‘llanmasiga rasman ega chiqishdi.

Gap shundaki, "Tambov" bugun "Rostov" bilan o‘yinda ochko yo‘qotsa, toshkentliklar muddatidan oldin pley-offga chiqishar edi. Amalda ham shunday bo‘ldi, "Rostov" 3:2 hisobida raqibidan ustun keldi.

Endilikda "Humo"ning eng yaqin ta’qibchilari bo‘lmish "Tambov" hamda "Dinamo Tver" oldinda turgan barcha bellashuvlarda g‘alaba qozonib, "qanotlilar" mag‘lub bo‘lgan taqdirda ular ochkolar soni bo‘yicha biznikilarga etib olig imkoniyatiga egalar. Ammo asosiy vaqtdagi g‘alabalar soni evaziga Evgeniy Popixin shogirdlari raqiblardan oldinda turadi.

C1jzrnD

5 fevral o‘zbek xokkeyi tarixidan joy oldi. Bugungi o‘yinda ilk bor muxlislar maydonga o‘yinchoqlar uloqtirish marosimida ishtirok etishdi. Mazkur yumshoq o‘yinchoqlar onkologik kasallikdan aziyat chekuvchi bolalarga va mehribonlik uylariga taqdim etiladi.

Bundan tashqari, Toshkentning "Humo" xokkey klubi Oliy Xokkey ligasi (VXL) pley-off bosqichiga chiqdi. Xokkeychilar shanba kuni safar o‘yinlari seriyasi uchun Nijniy Novgorodga yo‘l olishadi. U erda 10 fevral kuni "Torpedo-Gorkiy" "Humo"ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!