
VXL. Uzoq kutilgan g‘alaba yoxud "Humo" safarda SKAni mag‘lub etdi
Toshkentning "Humo" jamoasi safarda "SKA-Neva"ga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi - 3:3. G‘olibni aniqlash uchun overtaymga murojaat etildi va aynan overtaymda Yatsenko tomonidan kiritilgan shayba yakunda Evgeniy Popixin jamoasiga qimmatli bo‘lgan 2 ochkoni keltirdi.
Shaybalar: Marchenko (Kukstel + Konozov), Solyannikov (Marchenko), Petkov (Ogirchuk + Gluxov) - Evgeniy Grigorenko (Artyom Voronin + Vsevolod Sorokin), Semyon Valuyksiy (Platon Popov + Ivan Yatsenko), Evgeniy Grigorenko (Vsevolod Sorokin + Artyom Voronin), Ivan Yatsenko.
Fikrlar