WBC Gran-prisi. Bokschimiz super jangda ajoyib g‘alabaga erishdi
Xabar berganimizdek, bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida boks bo‘yicha WBC Gran-prisi boshlandi.
Turnirning ilk kuni doirasida yarim engil vazn toifasidagi bokschimiz Ayubxon Baxtiyorov ilk bosqichda frantsiyalik Jamal Xajabga qarshi ringga ko‘tarildi.
1-raund so‘nggida raqibni nokdaun holatiga tushirgan vakilimiz oxirgi raundga kelib, Jamalni texnik nokautga uchratdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.



Fikrlar