
WBC Gran-prisi boshlanmoqda. Bugun necha nafar bokschimiz o‘z janglarini o‘tkazadi?
Bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida boks bo‘yicha WBC Gran-prisi boshlanadi.
Avval xabar berganimizdek, musobaqada jami 5 nafar hamyurtimiz bahs olib boradi. Turnirning ilk kuni doirasida yarimengil vazn toifasidagi bellashuvlarga start beriladi. Unda hamyurtimiz Ayubxon Baxtiyorov ishtirok etadi.
Baxtiyorovga dastlabki bosqichda Frantsiya vakili Jamal Xajab raqiblik qiladi. Bugungi janglar Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start olishi rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, Gran-prida Baxtiyorovdan tashqari Mujibillo Tursunov, Lazizbek Mullojonov, Kamronbek Eshmatov va Suhrob Qayumovga ham muxlislik qilamiz.
Fikrlar