WBO reytingi yangilandi. Shahram G‘iyosov peshqadam, Hasanboy Do‘smatov esa...
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) sentyabr oyidan so‘ng yangilangan reytingni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Shahram G‘iyosov yarim o‘rta vaznda etakchilikni saqlab qolgan bo‘lsa, Xasanboy Do‘stmatov 48,,8 kg vaznda o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona pastlab, 10-o‘rinni band etdi. Qo‘yida boshqa bokschilarimizning ham joylashgan o‘rni bilan tanishishingiz mumkin:
Olimjon Nazarov (o‘ta engil vazn toifasi - 50,8 kg) o‘tgan oydagidan bir pog‘ona ko‘tarilib, 4-o‘rinni egalladi;
Murodjon Ahmadaliev (birinchi yarim engil vazn toifasi - 55,3 kg) o‘tgan oydagidan 3 pog‘ona pastlab, 8-o‘ringa tushib ketdi;
Muhammad Shexov (birinchi yarim engil vazn toifasi - 55,3 kg) o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yuqorilab, 5-o‘rinni egalladi;
Bektemir Meliqo‘ziev (supero‘rta vazn - 76,2 kg) o‘tgan oydagidan 2 pog‘ona tushib, 11-o‘ringa joylashdi;
Bahodir Jalolov (superog‘ir vazn - 90,7 kg) o‘tgan oydagidek 15-o‘rinda qoldi.

Fikrlar