
Xabi Alonso uchun APLning yana bir klubi kurashga qo‘shildi
Keyingi yozdan boshlab Evropaning top klublaridan birida ish boshlashi kutilayotgan Xabi Alonsoni "Liverpul" diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ammo "qizillar"dan mutaxassisni ilib ketish Londonning "Chelsi" jamoasi ham harakat qiladi.
"Sports Zone" nashri xabar berishicha, "aristokratlar" Maurisio Pochettino ishdan olsa, uning o‘rniga Xabi Alonsoni olib kelishi mumkin.
"Chelsi" mavsumni yomon kayfiyatda o‘tkazmoqda. Jamoa 23-turdan keyin 31 ochko bilan turnir jadvalida 11-o‘rinda ketyapti. Agarda natijalar yaxshilanmasa, argentinalik murabbiy o‘z lavozimidan ozod qilinishi mumkin.
Alonso esa "Bayer" bilan ajoyib ishlarni amalga oshirmoqda. Klub Bundesligada ushbu mavsum mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelyapti va jadvalda 52 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinda turibdi.
Fikrlar